• Bosh sahifa
  • UFC || Boks
  • WBC'ning yangilangan reytingida 12 bokschimiz: Jalolov pastladi, SHohjahonda ko'tarilish + POSTER
20220919_200004_.jpg

WBC'ning yangilangan reytingida 12 bokschimiz: Jalolov pastladi, SHohjahonda ko'tarilish + POSTER

Butunjahon Boks ittifoqi (WBC) yangilangan reytingni elon qildi.

Butunjahon Boks uyushmasi sentyabr oyi uchun yangilangan reytingni elon qildi. Mazkur reytingdan 12 nafar  bokschimiz joy olgan bo'lib, ularning o'rni bilan tanishing:


Og'ir vazn: Bahodir Jalolov o'tgan oydagidan ikki pog'ona pastlab 22-o'ringa joylashtirildi;

Super o'rta vazn toifasi (76,2 kg): Azizbek Abdug'ofurov 13-o'rin; Bektemir Meliqo'ziev esa 30-o'rinni band etdi;

Super yarim o'rta vazn (69,8 kg): Isroil Madrimov 8-o'rinda;

Yarim o'rta vazn (66,6 kg): Qudratillo Abduqahhorov 22-pog'onada, o'tgan oyda 21-o'ringa joylashgan edi; SHahram G'iyosov 24-o'rin;  Jamshidbek Najmitdinov esa 32-o'rindan bir pog'ona pastlab, 33-o'rinni egalladi;

Super engil vazn (63,5 kg): SHohjahon Ergashev 15-o'rinda qayd etildi, avgust oyida 18-pog'onada ko'rsatilgan edi;

Ikkichi yarim engil vazn (58,9kg): Elnur Abduraimov o'tgan oydagidan bir pog'ona yuqorilab 39-o'ringa joylashtirildi;

Yarim engil vazn (57,1 kg): Otabek Xolmatov o'tgan oydagidan bir pog'ona pastlab 37-o'rinni egalladi;

Engil vazn (50,8 kg): Olimjon Nazarov 40-pog'onada qayd etildi;

Birinchi o'ta engil vazn (48,8 kg): Hasanboy Do'smatovning pog'onasi o'zgarishsiz qoldi - 11-o'rin.