20220918_190004_.jpg

Lomachenko Golovkinga faoliyatini yakunlashni maslahat berdi

Uchta vazn toifasida sobiq jahon chempioni Vasiliy Lomachenko Saul Alvares va Gennadiy Golovkin trilogiyasi haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Ukrainalik bokschining fikricha, meksikalik haqli ravishda g'alaba qozongan.

"Bu juda qiziq bo'ldi. Trilogiya jangi har doim tarixiy lahza bo'lgan. Kanelo yaxshi jang qildi. Ammo, Gennadiyning yoshi o'tib qoldi", — dedi Lomachenko FightHype.com Youtube kanaliga bergan intervyusida.

Lomachenko unvonli bokschilarning kelajagi haqida ham o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Kanelo bundan keyin nima qilishini bilmayman. Balki Bivol bilan revansh jangi bo'lar. Golovkinga kelsak, bu borada ham bir narsa deyishim qiyin. Bu uning qarori. U hozir afsona va faoliyatini yakunlashi mumkin", — deya qo'shimcha qildi Vasiliy Lomachenko.