20220916_190006_.jpg

Bahodir Jalolov: "Jang oxirigacha bormasligi mumkin"

Bahodir Jalolov Kanelo-Golovkin jangi to'g'risida gapirdi.

Super og'ir vazn toifasidagi prof bokschimiz Bahodir Jalolov Kanelo-GGG trilogiyasida barcha kabi meksikalikning imkoniyatini yuqori baholadi.

"Bu boks. Menimcha, katta ehtimol bilan Kanelo g'alabaga erishadi. CHunki Golovkinning yoshi ham anchaga borib qoldi. Balki bu jang oxirigacha bormasligi ham mumkin", - deya Gennadiyning nokautga uchrashini ham taxmin qildi, Jalolov.