20220915_210007_.jpg

Emelyanenko va Dacik jang oldidan so'nggi bor ko'z urishtirishdi + FOTO

24 sentyabr kuni Rossiya Federaciyasining Moskva shahrida professional boks kechasi bo'lib o'tadi.

Hardcore Boxing oqshomining markaziy jangida rossiyalik ikki taniqli MMA aralash yakkakurash ustasi Aleksandr Emelyanenko va Vyacheslav Dacik o'zaro ringda to'qnash kelishadi. Jang boks qoidalari asosida tashkil etiladi. 

Turnirning so-main event jangida esa Dmitriy Kudryashov Soslan Asbarovga qarshi ringga ko'tariladi. Oqshom ishtirokchilari jang oldidan so'nggi bor ko'z urishtirish marosimida hozir bo'lishdi. 

Malumot uchun, Dacik so'nggi jangida braziliyalik Antonio Silvani ikkinchi raunddayoq texnik nokaut evaziga mag'lubiyatga uchratgan edi. Emelyanenko esa amerikalik Jeff Monsondan ochkolar hisobiga ko'ra ustun kelgandi.