20220706_120004_.jpg

CHarlz Oliveyra Xabib va Islamga dangal murojaat qildi

Vazn qila olmay UFC kamarini boy berib qo'ygan CHarlz Oliveyra yana bir bor Xabib Nurmagomedov va Islam Maxachevga murojaat qildi.

Avvalroq, Nurmagomedov Islam Oliveyra bilan uning hududida, yani Braziliyada jang qilishga tayyor ekani va uni aynan braziliyalikning asosiy quroli jiu-jitsu usulida mag'lub etishini aytgan edi.

"Agar ular chindan ham shuni istashayotgan bo'lsa, chempionni taqib etishda davom etishlari kerak. Men ham shunday yo'l tutgandim va yakunda chempionlikka erishgandim. Men dekabrda jang qilishni xohlayman. Sizlar ham shuni istayapsizlarmi? Sizlar bu kerakmi? Mabodo shunday bo'lsa, nima kutyapsizlar? Kelinglar, hamma kutayotgan jangni amalga oshiramiz. Men sizlarga murojaat qilyapman! Kelinglar, dekabrda Braziliyada jang qilamiz! Lekin Xabib, sen shuni yaxshilab eshitib ol. Sen bashorat berish bo'yicha uch marotaba xatolikka yo'l qo'ygansan. Men Islamni qaysi usul bilan mag'lub etish masalasida vada bermayman. Ammo, uni aniq taslim etaman. Bu gapimni eslab qolinglar - men Islam Maxachevni engaman. Divizionning asosiy bosh og'rig'ini CHarlz Oliveyra deb chaqirishadi. Konor MakGregorni unutinglar. Bizda yangi g'oya bor. Braziliyada CHarlz Oliveyra - Islam Maxachev jangini tashkil qilish. Siz bu jangni xohlayapsizmi? Unda bu g'oyani amalga oshiramiz. Xabib va uning do'stlari og'ziga kelgan gapni aytaveradi. Mening jiu-jitsum UFC engil vazn divizionidagi eng yaxshisi. Xabib 29 ta g'alabali seriya qayd etgan. U janglarini qanday sotishni juda yaxshi bilardi. CHempionlik davrida kam gapirardi, tresh-toklarga yo'l qo'ymasdi. Faoliyatini yakunlaganidan keyin esa maqtanchoq bo'lib qoldi", - deya Brazilian MMA Legends nashriga intervyu bergan Oliveyra.