20230319_175702_.jpg

Konor Makgregor Ngannuning UFC'ni tark etish qarori haqida gapirdi

Irlandiyalik Konor Makgregor Frensis Ngannuning UFC'ni tark etish haqidagi qaroriga fikr bildirdi.

«U Performance Institute'da o'qidi, ularning barcha jihozlaridan foydalandi va buning uchun pul to'lamadi. Tushundingizmi? Rostini aytsam, u xato qildi deb o'ylayman. O'shandan beri u bir daqiqa ham jang qilgani yo'q. Balki, u jang qilishi, keyin yana bir bor o'ylab ko'rishi kerak edi. Rostini aytsam, nega bunday qilganini bilmayman, lekin unga eng yaxshi tilaklarimni tilayman», - deya Makgregorning so'zlarini keltiradi MMAFightingonSBN YouTube kanali.

Eslatib o'tamiz, Ngannu hozirda 36 yoshda. Jangchi UFC'dagi debyutini 2015 yilning dekabrida o'tkazgan. 2023 yil yanvar oyida u UFC'dagi faoliyatini yakunladi va og'ir vazn toifasida chempionlik kamarini vakant qoldirdi. Uning bunday qarorga kelishiga moliyaviy sharoitdan noroziligi tasir qilgani aytilmoqda.