20230319_120004_.jpg

Iqboljon Xoldarovning navbatdagi jang sanasi va raqibi aniq bo'ldi

Professional bokschimiz Iqboljon Xoldarov navbatdagi jangini 15 aprel kuni Meksikada o'tkazadi.

Bu haqida bokschimiz SportUz.Net sayti muxbiri bilan suhbatda malum qildi. 

O'sha kuni Xoldarovga meksikalik Xose Bernardino Lozano raqiblik qiladi. 

Taqqoslash uchun Xoldarov shu kungacha prof boksda 4 ta jang o'tkazgan va ularning barchasida g'alaba qozongan. Janglarning uchtasida u raqiblarini muddatidan oldin mag'lub etgan.

Xose Lozano esa 11 ta jang o'tkazib, ularning 10 tasida g'alaba qozongan (9 ta nokaut). 1 ta jangda mag'lubiyatga uchragan.