20230312_205703_.jpg

Open FC 27. Azamat Nuftillaev rossiyalik raqibini engishiga 27 soniya kifoya qildi!

Open FC 27 musobaqasidan o'rin olgan Azamat Nuftillaev - Dmitriy Krigulec jangi o'z nihoyasiga etdi.

Rossiyaning Samara shahrida Open FC 27 musobaqasi bo'lib o'tmoqda.

Mazkur musobaqaning prelim kardidan o'rin olgan so'nggi jang yakunlandi. Unda og'ir vazn toifasi vakillari — o'zbekistonlik Azamat Nuftillaev va Rossiya vakili Dmitriy Krivulec o'zaro jang qildi. 3 raundga mo'ljallangan jang birinchi raundning birinchi daqiqasidayoq yakunlandi. Nuftillaev jang avvalidayoq raqibini bo'g'ish usuli orqali mag'lub etdi.

Bu Azamatning faoliyati davomidagi 14-g'alabasi bo'ldi.

Musobaqaning umumiy natijalari bilan tanishib boring!