20230207_161903_.jpg

Pakyaoning sobiq raqibi unga atayin yutqazib bergani haqida gapirdi

Sobiq jahon chempioni, ganalik Joshua Klotti filippinlik bokschi Menni Pakyaoga qarshi jangda atayin yutqazgani haqida gapirdi.

2010 yilning mart oyida Klotti Pakyaoga yarimo'rta vazn toifasida chempionlik kamari uchun jangda hakamlar qaroriga ko'ra yutqazib qo'ygandi. 

"Menejerim 1 million dollarga rozi bo'ldi. Ammo keyin men 1,35 mln talab qildim. O'sha jangda men 2 million dollar miqdorida gonorar olishim kerak edi. Pullik translyaciya 100 dollarni tashkil etgan, menejerim esa har bir sotuvdan 3 dollar olishimni aytgan. Ammo men pullik translyaciyalar 300 mingdan oshgan taqdirdagina pul ishlashim mumkin edi. 

Men kelishuv uchun harakat qildim, ammo agar rozi bo'lmasam jang qilmasligimni aytishdi. O'sha paytda menejerim har bir sotuvdan 33 foiz olgan. Qo'shimchasiga gonorardan foizlar. Men ko'proq ishlashim mumkin edi. Pakyao bilan jangdan xursand emasdim, chunki o'sha menejer bilan uchta jang uchun shartnoma tuzgandim. SHundan so'ng barchasini barbod qilishga qaror qildim", - dedi Klotti.