Kolbi Kovington og'ir o'tgan yoshligi haqida gapirib berdi
Yarimo'rta vaznning top UFC jangchisi Kolbi Kovington og'ir o'tgan yoshligi haqida gapirib berdi.
«Men og'ir yoshlik yillarim boshdan kechirdim. O'sha paytda onam yolg'iz edi, u singlim va meni boqish uchun uchta ishda ishlashi kerak edi va biz treyler parklarida ikki xonali kichkina kvartirada yashardik. Men bu nima ekanligini bilardim. Men o'sib borardim, maktabga, keyin kollejga bordim va hech qachon pulga ega emas edim. Kollejni tashlab, qarz botqog'iga botgan tilanchiga aylandim. Men MMAdagi martaba uchun bor kuchimni berib, o'zimni qurbon qilishga majbur bo'ldim»,-deb esladi Kolbi.