20230205_165702_.jpg

UFC'ning engilmas jangchisidan doping chiqdi

O'tgan yilda UFC'da debyut qilgan Xamdi Abdelvaxab oktagonga qaytishi ancha uzoqqa cho'ziladigan bo'ldi.

Sababi misrlik engilmas jangchining qon tahlillaridan taqiqlangan moddalar chiqqan. Endi jangchi kamida 2024 yilning yoziga qadar jang qila olmaydi.

30 yoshli jangchi professional faoliyati davomida 6 ta jangda ishtirok etib, barchasida g'alaba qozongan.