20230201_131902_.jpg

Voqealar jiddiy tus olyapti: Saidyoqub va Umar dahanaki jangni to'xtatmayapti

Saidyoqub Qahramonov va Umar Nurmagomedov o'rtasida revansh jangi tasdiqlanishi mumkin.

Eng engil vaznda o'zbekistonlik UFC jangchisi Saidyoqub Qahramonov (10-3) rossiyalik Umar Nurmagomedovning (16-0) gaplariga javob qaytardi.

Avvalroq, Umar Nurmagomedov Saidyoqub haqida fikr bildirar ekan, "Har qanday jangchiga qarshi tayyorman, hatto ularni avval mag'lub etgan bo'lsam ham", - deb yozgan edi.

Saidyoqubning javobi ham ko'p kuttirmadi:

"O'z odamlaringga ayt, odamlarim bilan bog'linishsin. Kel, buni amalga oshiramiz", - deya Umarning gaplariga javob qaytargan hamyurtimiz.

Qahramonov so'nggi bor 2022 yilning 18 dekabr kuni Las-Vegas shahri (AQSH)da tashkil etilgan UFC Fight Night musobaqasi doirasida rossiyalik Said Nurmagomedovga (17-2) qarshi oktagonga ko'tarilib, sabmishen evaziga mag'lub bo'lgan edi.

Umar Nurmagomedov esa oxirgi jangini 14 yanvar kuni Las-Vegas (AQSH)da o'tkazilgan UFC Fight Night turnirida braziliyalik Raoni Barselosga (17-4) qarshi o'tkazib, texnik nokaut bilan g'alaba qozongandi.

Ikki jangchi 2018 yilda PFL ligasida o'zaro to'qnash kelishgan. O'sha jangda Umar Nurmagomedov hakamlar qarori bilan hamyurtimizni mag'lub etgan edi.