20230129_191903_.jpg

Beterbiev Bivol haqida: "U bilan jangni istayman"

Yarimog'ir vazn toifasida IBF, WBO va WBC kamarlari sohibi Artur Beterbiev Dmitriy Bivolga qarshi mutlaq chempionlik jangi o'tkazmoqchi ekanligini aytdi.

"O'ylaymanki, bu boshqa ishlarga qaraganda yoqimliroq bo'ladi. Bivol bilan jangni nazarda tutyapman. O'rtada to'rtta kamar turibdi, bu yaxshi jang bo'ladi. 

Men mutlaq chempion bo'la olamanmi? Buni bilmaymiz. Bivoldan yaxshiroqmanmi? Buni faqatgina jangdan keyin bilib olamiz", - dedi Beterbiev.