20230125_151903_.jpg

Boks. Qizlarimiz U 22 Osiyo chempionatini 10 ta medal bilan yakunlashdi

Tailand poytaxti Bangkok shahrida 22 yoshgacha bo'lgan bokschilar o'rtasida Osiyo chempionati o'z yakuniga etib bormoqda.

Bugun musobaqa doirasida qizlar o'rtasida final bahslari bo'lib o'tdi. 

Final bahsida 8 nafar bokschimiz ringga ko'tarildi. Ularning 6 nafari g'alaba qozonib, oltin medalga sazovor bo'ldi. Ikki bokschimiz finalda imkoniyatni boy berdi va kumush medal bilan yurtimizga qaytadi. Yana ikki nafar bokschimiz bronza medalini qo'lga kiritgandi. 

Terma jamoamiz safida quyidagi bokschilarimiz sovrindor bo'lishdi: 

Oltin: 

-48 kg: Farzona Fozilova

-50 kg: Sabina Boboqulova 

-52 kg: Feruza Kazakova 

-54 kg: Nigina O'ktamova 

-66 kg: Navbahor Hamidova 


Kumush: 

-57 kg: Sitora Turdibekova 

-70 kg: Aziza Zokirova 

-75 kg: Sohiba Ro'zmetova 


Bronza: 

-63 kg: Ziyoda Yarasheva 

-81 kg: Sahobat Husanova


Malumot uchun, qizlar terma jamoamiz musobaqaga 11 nafar bokschi bilan yo'l olgandi. 

Yigitlar o'rtasida final bahslari ertaga, 26 yanvar kuni o'tkaziladi va unda 10 nafar bokschimiz finalda ringga ko'tariladi.