20230125_101903_.jpg

Joze Aldo: "Yana bitta chempionlik jangi o'tkazishim mumkin edi"

Yaqinda faoliyatini yakunlaganini elon qilgan sobiq UFC chempioni Joze Aldo yana bir unvonga davogarlik qilishi mumkinligi haqida gapirdi.

"Menimcha, agar janglarimni davom ettirganimda yana chempionlik jangi o'tkazishim mumkin edi. Lekin, bir qarorga keldim. Faoliyatimni yakunlash vaqti keldi deb o'ylayman. Qo'lga kiritgan g'alabalarimdan mamnunman", - dedi Aldo.

Joze Aldo 2011 yilning aprel oyida UFC 129 turnirida dunyoning engil vazn toifasida chempion sifatida debyut jangini o'tkazgan va uch yil davomida ketma-ket etti marta chempionlikni himoya qilgan.

Aldo so'nggi jangida gruziyalik Merab Dvalishviliga ochkolar hisobida mag'lub bo'lgan edi.