• Bosh sahifa
  • UFC || Boks
  • Floyd Meyvezerning navbatdagi ko'rgazmali jangi qachon va kimga qarshi bo'lishi malum
20230120_161902_.jpg

Floyd Meyvezerning navbatdagi ko'rgazmali jangi qachon va kimga qarshi bo'lishi malum

Floyd Meyvezerning navbatdagi ko'rgazmali jangi bo'yicha tafsilotlar malum bo'ldi.

Beshta vazn toifasida sobiq jahon chempioni, 45 yoshli amerikalik afsonaviy bokschi Floyd Meyvezerning navbatdagi ko'rgazmali jangi bo'yicha tafsilotlar malum bo'ldi.

Unga ko'ra, Meyvezer 25 fevral kuni London shahrida (Buyuk Britaniya) joylashgan O2 Arenasida tashkil etiluvchi boks oqshomi doirasida mezbon yurt vakili — 37 yoshli kik-bokschi Liam Xarrisonga qarshi jang qiladi.

Meyvezer so'nggi bor 2022 yil 14 noyabr kuni Dubayda (BAA) tashkil etilgan boks oqshomida angliyalik bloger Dejiga qarshi ko'rgazmali jangda ishtirok etib, muddatidan avval g'alaba qozongan edi.