20230115_231903_.jpg

SHohjahon Ergashev navbatdagi jangi qachon va qay maqomda o'tishini aytdi (VIDEO)

SHohjahon Ergashev navbatdagi jangi bo'yicha tafsilotlarni oqichladi.

Birinchi yarimo'rta vaznda o'zbekistonlik profesional boks ustasi SHohjahon Ergashev (23-0) Instagram tarmog'idagi rasmiy sahifasi orqali navbatdagi jangi bo'yicha tafsilotlarni ochiqladi.

Ergashev muxlislarining "Kamarga jang qachon", - deya yo'llagan savoliga quyidagicha javob qaytardi:

"Hudo xohlasa, mana harakat qilyapmiz, Alloh nasib qilsa, fevralda urushib olaylik. Kamarga ham urushamiz Hudo xohlasa. Fevralda eliminator jangida urushaman, eliminator jangida yutgandan keyin har qanday chempion bilan urushsa bo'ladi".

SHohjahon Ergashev so'nggi bor 10 avgust kuni Detroit (AQSH)da tashkillashtirilgan boks oqshomi doirasida meksikalik Anxel Martines Ernandes (14-2-2)ga qarshi jang qilib, muddatidan avval g'alaba qozongan edi.

Posmotret etu publikaciyu v Instagram

Publikaciya ot SportUz.Netcom (@olamsportcom)