20230115_173803_.jpg

Rossiyalik MMA jangchisini poezdda o'lik holatda topishdi

Aralash yakkakurash bo'yicha rossiyalik jangchi Georgiy Gagloev Moskva - Vladikavkaz yo'nalishidagi poezdda o'lik holda topildi, deb xabar bermoqda Baza Telegram kanali.

Dastlabki malumotlarga ko'ra, jangchi yostiq bilan bo'g'ib o'ldirilgan. Jasad poezdning Rostov-Don shahrida to'xtagan vaqtida topilgan. Qayd etilishicha, Gagloevning o'limiga xolasi Rimma Gagloevani faol tarzda qidirgani sabab bo'lishi mumkin.

O'tgan yilning fevral oyida Rimma Gagloeva BAAdan Grozniyga uchib kelgan va aeroportdan "Toyota" avtomobilida chiqib ketgan. SHundan so'ng Rimmani hech kim ko'rmagan, keyinroq avtomobil Sunja (Ingushetiya) shahridagi yoqilg'i quyish shahobchasida topilgandi.