20221218_190003_.jpg

"Unga hech kim tega olmaydi". Amir Xan Fyuri - Usik jangi haqida gapirdi

Boks bo'yicha sobiq jahon chempioni Amir Xan Tayson Fyuri va Aleksandr Usik o'rtasida o'tkaziladigan ehtimoliy jang haqida gapirdi.

"Fyuri g'alaba qozonadimi? SHubhasiz! U katta va kuchliroq. Tayson superog'ir vazn toifasidagi barchani mag'lub eta oladi. U rostan ham zo'r. Hech kim unga tega olmaydi. Qolganlar boshqa darajada. 

Tayson boshqacha. U balki eng zo'r formasida emasdir, ammo unda barchasi bor: kuch, zarba va harakat", - dedi Amir Xan.