20221204_193802_.jpg

Barcha raundlarda mag'lub bo'lgan SHlemenko: Bugungi bahsda men g'alaba qozongandim

Kecha Magomed Ismailovdan mag'lub bo'lgan Aleksandr SHlemenko hakamlarning qaroridan hayratga tushganini malum qildi.

«Hakamlarning qarorlari meni hayratga soldi. Men jangni chetdan ko'rmadim, biroq men jangda g'alaba qozongandim. Menimcha, men ko'proq zarba yo'lladim, hujum qildim. Ayniqsa beshinchi raundda. Biroq negadir men mag'lub bo'ldim»,-deb fikr bildirgan Aleksandr SHlemenko.