20221204_191902_.jpg

Mujibullo Tursunov prof boksdagi navbatdagi g'alabasidan so'ng nimalar dedi?

"Lift Promotion"ning navbatdagi boks oqshomida SHohruhbek Kenjaevga qarshi ringga ko'tarilgan Mujibullo Tursunov prof boksdagi ikkinchi g'alabasini qo'lga kiritdi.

Tursunov jangdan so'ng saytimiz muxbiriga kichik intervyu berib, o'z taassurotlari bilan o'rtoqlashdi. 

"Jang juda tez tugadi. SHunaqa vaziyat bo'lib qoldi. Buni omad degan bo'lardim. SHukrki, g'alaba qozondim. Bugungi raqibim o'zimni yaqin ukam, birga shug'ullanadigan do'stim. U bilan ikkinchi marta to'qnash kelishimiz. Birinchi marta O'zbekiston chempionati yarim finalida jang o'tkazgandik. "Lift Promotion"ning boks kechasida ikkinchi marta to'qnash keldik. 

Xudo xohlasa, endi O'zbekiston chempionatida qatnashaman", - dedi Tursunov. 


SHuningdek, bokschining murabbiyi Abduvohid Jalolov ham o'z fikrlarini bildirib o'tdi:

"Ikki bokschi ham o'zimni shogirdim. Bu - sport. Ikkisi ham rozi bo'lib bu sport turini tanlagan. Ringga ko'tarilgandan keyin sizga raqiblik qiladigan odam kim bo'lishidan qati nazar raqib hisoblanadi. Biz ushbu jangda bokschilar boks sanatini ko'rsatadi degan umidda edik. Ammo mana bunday tasodifiy holat bo'lib qoldi. 

SHohruh ham shogirdim. Etibor bergan bo'lsangiz ringda SHohruxni ko'nglini ko'tarishga harakat qildim. Xafa bo'lmagin bolam, bu sport, O'zbekiston chempionatiga yaxshi "nastroy" qilgin deya dalda berdim. O'zbekiston chempionatigacha jarohati bitib ketadi degen umiddaman. CHempionatgacha hali vaqt bor",-dedi Abduvohid Jalolov.