20221204_145702_.jpg

Ankalaev: "UFC kamarini uyga olib ketishni intiqlik bilan kutaman"

Rossiyalik aralash yakkakurash ustasi, yarimog'ir vazn toifasida UFC chempionlikka davogar Magomed Ankalaev Yan Blaxovich bilan jangda kamarni qo'lga kiritishiga ishonchi komil.

"Albatta, chempionlik uchun kurashish imkoniyatidan juda xursandman, buni kutmagan edim. Birdan ular besh raundlik jang o'tkazishni taklif qilishdi va bunga rozi bo'ldim. Men uchun hech narsa o'zgarmadi, raqib avvalgidek. Faqat raundlar soni uchtadan beshtagacha ko'paydi. SHunday qilib, faqat oldinga. Tez orada chempionlik kamarini qo'lga kiritaman va uzoq muddatga UFC chempioni bo'laman. Kamarni uyga olib ketishni intiqlik bilan kutaman", - dedi Ankalaev.

UFC 282 turnirida Magomed Ankalaev va Yan Blaxovich yarim og'ir vazn toifasida vakant qolgan UFC chempionlik kamari uchun jang qiladi.