• Bosh sahifa
  • UFC || Boks
  • Rahmatjon Ro'zioxunov O'zbekiston chempionati, Bahodir Jalolovning navbatdagi jangi haqida gapirdi
20221204_143802_.jpg

Rahmatjon Ro'zioxunov O'zbekiston chempionati, Bahodir Jalolovning navbatdagi jangi haqida gapirdi

O'zbekiston boks terma jamoasi katta murabbiyi Rahmatjon Ro'zioxunov saytimizga bergan intervyusida yaqinda boshlanadigan O'zbekiston chempionati, Bahodir Jalolovning navbatdagi jangi haqida gapirib o'tdi.

- Bir necha kundan so'ng O'zbekiston chempionati start oladi. Mamlakat birinchiligida qaysi mashhur bokschilarimizni ko'rishimiz mumkin? 

- O'zbekiston chempionatida barcha yulduzlarni ko'ramiz. Hasanboy Do'smatovdan tortib, hamma mashhur bokschilarni. Kimki o'zini O'zbekistonda bo'lib o'tadigan jahon chempionatida va Parij mezbonlik qiladigan Olimpiadada ko'rishni xohlasa hammasi qatnashadi. CHunki biz oldinda turgan jahon chempionatiga bokschilarimizni saralab olib, tayyorgarlikni boshlashimiz kerak. 


- Osiyo chempionatida Lazizbek Mullajonov ajoyib g'alabani qo'lga kiritdi. Parij Olimpiadasida ham Mullajonovga ishonch bildiriladimi?

- Albatta, unga ishonamiz. Mullajonovni Bahodir Jalolovning o'rnini bosa oladigan bokschi deb bilamiz. Lekin hozirgi kunda Jalolov birinchi raqamli sportchi va biz uni jahon chempionati hamda Olimpiya o'yinlaridagi ishtirokini hali ko'rib chiqyapmiz. IBA -100 kg vaznni ham qo'shmoqchi. Agar ushbu vazn qo'shiladigan bo'lsa ikkisi ham ishtirok etadi. Albatta biz shuni xohlardik. 

- Bir necha kundan so'ng Bahodir Jalolovning prof boksdagi navbatdagi jangi bo'lib o'tadi. Raqib ancha kuchli deya qaralmoqda. Jalolov qisqa muddat ichida tiklana oladimi?

- Bu haqda hali To'lqin Qilichev bilan gaplashganimiz yo'q. CHunki ular yaqinda Amerikadan uchib kelishdi. O'ylaymanki, ularning taktikasi to'g'ri bo'ldi. Sababi Bahodirning hozirgi formasidan foydalanish kerak. Amerikada murabbiylar tomonidan qo'yilgan maqsadga erishilmadi deb o'ylayman. Dubayda bo'ladigan jangni qiyinroq deb hisoblayman. Buning sababi Olimpiya o'yinlari yo'llanmasini taqdim etuvchi turnirda bu ikki bokschi uchrashishgan va unda Jalolovni qo'li baland kelgan. Jalolovni raqibi juda yaxshi sportchi. Menimcha, juda chiroyli jang bo'lib o'tadi.