20221201_185702_.jpg

Lebedev SHlemenko va Ismoilov o'rtasidagi jang haqida gapirdi

Rossiyalik taniqli bokschi, sobiq jahon chempioni Denis Lebedev Aleksandr SHlemenko va Magomed Ismoilov o'rtasidagi jang haqida gapirdi.

"Bunday janglarda g'alaba qozonish imkoniyati har doim 50/50 bo'ladi. Har ikkisi ham juda tajribali jangchi. Lekin, men SHlemenkoni qo'llab-quvvatlayman", - dedi Lebedev.

SHuningdek, u Magomed Ismoilovning bokschilik mahoratini yuqori baholadi.

"Magomedni Durodola bilan birinchi jangida ko'rganman. Uning zarba texnikasi juda tez. Ammo, u professional bokschi bo'lishi uchun vaqt kerak. Bilishimcha, uning oldida professional bo'lish maqsadi yo'q va o'z darajasida u juda munosib bokschi" - deya qo'shimcha qildi Lebedev.

Aleksandr SHlemenko va Magomed Ismoilov o'rtasidagi jang 3 dekabr kuni bo'lib o'tadi.