20221130_131901_.jpg

Bahodir Jalolovning navbatdagi raqibi va jang sanasi aniq

Bokschimiz Bahodir Jalolov navbatdagi jangini 11 dekabr kuni o'tkazadigan bo'ldi.

Jang Birlashgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi shahrida "Global boks forumi" doirasida tashkil etiladi. 

O'sha kuni Bahodirga Bahrayn sharafini himoya qiluvchi, kelib chiqishi rossiyalik bo'lgan Danis Latipov raqiblik qiladi. 

Bokschilar 2020 yilning mart oyida Ammanda o'tkazilgan licenzion turnirda o'zaro to'qnash kelishgan va o'shanda Bahodir ochkolar evaziga g'olib chiqqandi. 

Ushbu jang yangi tashkil etilgan IBA Pro boks seriyasi doirasida o'tkaziladi. Ushbu boks seriyasida JCH va Olimpiya o'yinlari sovrindorlari ham ringga ko'tarilishi kutilmoqda. 

Mazkur jang formati 5 raundlik hisoblanadi. 2023 yildan boshlab janglar 7 raundlik formatga o'tkazilishi mumkin. Bahslar 5 ta hakam tomonidan baholanadi.