20221125_120003_.jpg

Eddi Xirn Dmitriy Bivolning navbatdagi raqibi kim bo'lishi mumkinligini aytdi

Matchroom Boxing promouterlik kompaniyasi rahbari Eddi Xirn 2023 yilning birinchi yarmida yarim og'ir vazn toifasida WBA chempioni Dmitriy Bivol britaniyalik bokschi Joshua Buatsi bilan jang qilishini aytdi.

SHuningdek, yarim og'ir vaznda WBC, WBO va IBF kamarlari sohibi Artur Beterbiev va Kallum Smit o'rtasida jang bo'lib o'tishi mumkin.

"Kaneloni Bivolga qarshi jang qilishini istardik. Dmitriy Ramiresni mag'lub etib, WBA kamarini himoya qildi. Kanelo rad javobini berganidan so'ng, Buatsi Bivolning navbatdagi raqibi bo'lishi mumkin.

Dimitrining keyingi qarori qanday bo'lishi qiziq, chunki u may oyida oddiy raqib bilan jang o'tkazishni maqsad qilgan. Kanelo esa sentyabr oyida Bivolga qarshi jang o'tkazmoqchi. Ammo, bu vaqt ichida bizda mutlaq chempionlik jangi o'tkazish imkoniyati ham bor.

Beterbiev Yard bilan jang qiladi va shundan keyin Ramazon oyida uning bo'sh vaqti ko'payadi. U qachon jang qilishga tayyor bo'ladi? Nima bo'lishini kuzatishimiz kerak.

SHunday qilib, bizda Buatsi va Smit varianti bor. Ikkalasi ham jahon chempionligini kutishni istaydi. Bir divizionda ikkita chempion bo'lsa, bu vaziyatni qiyinlashtiradi", - dedi Xirn.