• Bosh sahifa
  • UFC || Boks
  • Glover Teysheyra nima uchun Magomed Ankalaevga qarshi chempionlik jangidan bosh tortgani haqida gapirdi
20221125_095702_.jpg

Glover Teysheyra nima uchun Magomed Ankalaevga qarshi chempionlik jangidan bosh tortgani haqida gapirdi

UFC sobiq chempioni Glover Teysheyra Magomed Ankalaevga qarshi jangdan nima sababdan bosh tortganini tushuntirib berdi.

«Men unga qarshi jang qilishim uchun malum muddat kerakligini aytdim. Uning jang uslubi boshqacha. Unga qarshi Braziliyada jang qilishga tayyorligimni aytdim, biroq ular bu jangni Vegasda oktagonga ko'tarilishini aytishdi. Men Vegasda faqat Yan Blaxovichga qarshi jang qilishga tayyorligimni aytdim. Ular esa menga Magomedni berishdi. To'g'ri tushunish kerak, Ankalaev umuman boshqa darajadagi jangchi. U bilan yaxshi tayyorgarlik ko'rish kerak. Bu jang men uchun so'nggi chempionlik jangi bo'lishi ham mumkin va shu sababli jangga jiddiy tayyorgarlik ko'rishim lozim»,-deb fikr bildirdi Glover Teysheyra.