20221122_101901_.jpg

9 nafar bokschimiz yoshlar o'rtasidagi JCH chorak finalida jang qildi

Ispaniyada davom etayotgan boks bo'yicha yoshlar o'rtasidagi jahon chempionati o'zining eng qizg'in pallasiga etib kelmoqda.

Kecha musobaqa doirasida chorak finallar boshlandi va unda 9 nafar o'zbekistonlik bokschi ringga ko'tarildi. Ularning 6 nafari g'alabaga erishib, JCH medalini naqd qilgan bo'lsa, 3 nafari afsuski chorak finalda JCH bilan xayrlashdi.

Bokschilarimiz chorak final doirasida quyidagicha natijalar qayd etishdi:

-48 kg: Gulsevar G'anieva - Yi-Xuan Guo (Xitoy Taypeyi) - g'alaba

-54 kg: Muxlisa Xushvaqtova - Krisovalanu Kutsokristu (Germaniya) - mag'lubiyat

-63 kg: Sitora Bahodirova - Magali Errera (Argentina) - mag'lubiyat

-54 kg: Xo'janazar Nortojiev - SHeyn Rayyan (Irlandiya) - g'alaba

-67 kg: Javohir Ummataliev - Ares Xakobyan (Armaniston) - g'alaba

-70 kg: Aziza Zokirova - Gauxar SHaibekova (Qozog'iston) - g'alaba

-81 kg: Oltinoy Sotimboeva - Elena Pepek (Polsha) - g'alaba

-75 kg: To'rabek Xabibullaev - Alik Ovanisyan (Armaniston) - g'alaba

-92 kg: Aynazar Kenesbaev - Muhammad Holid (Misr) - mag'lubiyat

Bugun musobaqa doirasida chorak final bahslari davom ettiriladi. Unda yana 4 nafar hamyurtimiz ringga ko'tariladi.