20221117_183802_.jpg

Bahodir Jalolovning jangi tasdiqlandi + POSTER

Tokio Olimpiadasi chempioni, professional bokschimiz Bahodir Jalolovning navbatdagi jangini 26 noyabr kuni o'tkazishi haqida xabar bergan edik.

U aynan shu kuni AQSHning Kaliforniya shtati Karson shahrida tashkil etiladigan prof boks oqshomida ringga ko'tariladi. O'sha kuni Bahodirga amerikalik Kyortis Xarper raqiblik qiladi. Jang 10 raunddan iborat bo'ladi. 

Malumot uchun, Bahodir shu kungacha prof boksda 11 ta jang o'tkazib, ularning barchasida raqiblarini muddatidan avval mag'lub etgan. Xarper esa 22 ta jang o'tkazgan va ularning 14 tasida g'alabaga erishgan (9 ta nokaut). 8 ta jangda mag'lub bo'lgan (3 ta nokaut). 

Kechaning markaziy jangida Regis Progreys va Xose Zepeda vakant bo'lib turgan WBC kamari uchun ringga ko'tariladi.