• Bosh sahifa
  • UFC || Boks
  • Bugun Ispaniyadagi jahon chempionatida ringga ko'tariladigan bokschilarimiz ro'yxati
20221116_105702_.jpg

Bugun Ispaniyadagi jahon chempionatida ringga ko'tariladigan bokschilarimiz ro'yxati

Xabar berganimizdek, kecha Ispaniyada boks bo'yicha yoshlar o'rtasidagi jahon chempionati boshlandi.

Musobaqaning dastlabki kunida 5 nafar bokschimiz ringga ko'tarildi va ularning 4 nafari g'alabaga erishdi. 1 bokschimiz esa afsuski imkoniyatni boy berdi. 

Bugun kun davomida to'rt nafar o'zbekistonlik bokschi ringga ko'tariladi: 

-54 kg: Muxlisa Xushvaqtova - Vitoriya de Oliveyra (Braziliya) (B ring, 17:25 dan so'ng)

-81 kg: Oltinoy Sotimboeva - Pranjal Yadav (Hindiston) (B ring, 17:40 dan so'ng)

-86 kg: Abdulaziz Abdurahmonov - Otgonbold Nyamdord (Mo'g'uliston) (A ring, 00:55 dan so'ng)

-54 kg: Xo'janazar Nortojiev - Azizyan Gor (Armaniston) (B ring, 00:40 dan so'ng)

Janglar boshlanish vaqti taxminan va Toshkent vaqti bilan ko'rsatilgan.