20220927_202003_.jpg

Usik Ukraina futbol terma jamoasi mashg'ulotiga bordi + FOTO

Superog'ir vazn toifasida jahon chempioni hisoblangan 35 yoshli bokschi Aleksandr Usik Ukraina futbol terma jamoasi mashg'ulotiga bordi.

Taniqli bokschi Polshada oilasi bilan birga bo'lib turibdi. U ikki farzandi bilan futbol terma jamoasini qo'llab-quvvatlash uchun bordi. Aleksandr mashg'ulotlar oldidan futbolchilar bilan so'rashdi va keyin o'z mashg'ulotlariga yo'l oldi. Futbolchilar va bokschi ushbu uchrashuvdan juda xursand bo'lishdi.