20220923_202003_.jpg

Fedor Emelyanenkoning ehtimoliy raqibi aytildi

Rossiyalik MMA jangchisi Fedor Emelyanenko braziliyalik Anderson Silvaga qarshi jang qilishi mumkin.

"Skott Koker bir necha oy oldin Anderson Silvaning vakillariga Fedor Emelyanenko bilan jang taklif qilgani haqida aytdi, bu haqida yaqinda bizga malum qildi. O'shanda xech qanday aniq muzokaralar bo'lmagan. Ammo endilikda Silva Yaponiyada yana bir jang qilmoqchi ekanligini aytgan. U qaytishni rejalashtirmoqda", - dedi jurnalist Ariel Xelvani ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.