20220923_192005_1.jpg

Elshod Rasulov: "Balkan" turniri Osiyo chempionati oldidan yaxshi tajriba bo'ldi"

Kuni kecha Bolgariyaning Sofiya shahrida boks bo'yicha ayollar o'rtasida "Balkan" xalqaro turniri o'z nihoyasiga etdi.

Musobaqada O'zbekiston terma jamoasi qizlari 2 ta oltin, 5 ta kumush va 1 ta bronza medalini qo'lga kiritib, umumjamoa hisobida birinchi bo'lishdi. 

Ushbu musobaqadan so'ng biz O'zbekiston ayollar terma jamoasi bosh murabbiyi Elshod Rasulovning fikrlari bilan qiziqdik. 


Musobaqaning ahamiyati

Ortda qolgan musobaqa orqali noyabr oyida o'tkaziladigan Osiyo chempionati oldidan qizlarimizning jismoniy holatini, imkoniyatlarini ko'rib olishi bilan ahamiyatli bo'ldi. Kuchli raqiblarga qarshi janglarni bokschilarimiz uchun yaxshi tajriba bo'ldi deya olaman. 


Oldindagi rejalar

Endi 30 oktyabr - 13 noyabr kunlari Iordaniyaning Amman shahrida kattalar o'rtasida Osiyo chempionati o'tkaziladi. Ayni paytda ushbu musobaqaga jiddiy hozirlik ko'ryapmiz. Yuqorida takidlaganimdek, "Balkan" xalqaro turniri qita birinchiligiga tayyorgarlikning muhim bosqichlaridan biri bo'ldi. Osiyo chempionatiga qadar yana yig'inlarda qatnashamiz. 


Musobaqadagi hakamlik

Hakamlar musobaqa davomida haqqoniy hakamlik qilishdi. Final uchrashuvida -48 va -52 kg vaznli bokschi qizlarimiz ishtirokidagi janglarda 1:2 hisobida raqiblarga g'alaba berishganini hisobga olmaganda, hakamlik yaxshi darajada o'tdi deya olaman.