20220923_192004_.jpg

Superog'ir vazn toifasida Fyurini kim mag'lub etishi aytildi

Ikki vazn toifasida sobiq jahon chempioni Devid Xey Tayson Fyuri va Entoni Joshua o'rtasidagi ehtimoliy jang haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Devidnig so'zlariga ko'ra, boshqa bokschilarga qaraganda Fyurini mag'lub etish uchun Joshuada imkoniyat ko'proq.

"Agar kimdir superog'ir vaznda yirtqich hayvon Fyurini mag'lub etish uchun jismoniy imkoniyatlarlar bo'lsa, bu faqat Joshua. Ko'p yillar oldin ular sparring o'tkazgan va o'shanda Joshua Fyuridan yaxshiroq edi.

Agar Joshua Fyuriga qarshi kuchliroq, tezkor va tajovuzkor bo'la olsa, unda u hammani hayratda qoldirishi mumkin. Butun dunyo unga autsayder sifatida qaramoqda. Lekin, birinchi marta unga bosim bo'lmaydi, u butunlay Fyuriga tushadi" — dedi Devid Xey.

Avvalroq, Frenk Uorren Tayson Fyuri Entoni Joshuaga qarshi jang shartnomasini imzolaganini malum qilgandi.