20220922_210003_.jpg

Bokschi qizlarimiz "Balkan" xalqaro turnirida umumjamoa hisobida birinchi bo'lishdi

19-22 sentyabr kunlari Bolgariya poytaxti Sofiya shahrida boks bo'yicha ayollar o'rtasida XIII "Balkan" xalqaro turniri tashkil etildi.

Ushbu xalqaro musobaqada O'zbekiston ayollar terma jamoasi azolari ham ishtirok etishdi. Quvonarlisi, bahslarda qatnashgan yurtdoshlarimiz 2 ta oltin, 5 ta kumush va 1 ta bronza medali qo'lga kiritib, umumjamoa hisobida birinchi o'rinni egallashdi. 

Terma jamoamiz safida sovrindorlar ro'yxati quyidagicha ko'rinish oldi: 

Oltin: 

-50 kg: Aziza Yakubova

-70 kg: Mavluda Mavlonova


Kumush: 

-48 kg: Farzona Fozilova

-52 kg: Feruza Kazakova

-54 kg: Nigina O'ktamova

-63 kg: Hadichabonu Abdullaeva

-66 kg: Navbahor Hamidova


Bronza: 

-57 kg: Sitora Turdibekova


Bosh murabbiy: Elshod Rasulov

Murabbiylar: Islom Tojiboev, Ziyatdinbek Toygonboev

Hamyurtimiz SHeyxnazar Karimov musobaqada hakam sifatida faoliyat olib bordi.