20220922_200003_.jpg

Qiziltepaning so'lim "To'dako'l"ida katta professional boks oqshomi!

24 sentyabr kuni Navoiy viloyatining Qiziltepa tumanida professional boks kechasi bo'lib o'tadi.

O'zbekiston professional boks federaciyasi, Navoiy viloyati hamda Qiziltepa tumani hokimliklari ko'magida Uzbekistan Boxing Promotion promouterlik kompaniyasi tomonidan tashkil etilayotgan ushbu prof boks oqshomi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 29-aprel kungi PK-5099-sonli, boksni rivojlantirish qarori ijrosini taminlash hamda O'zbekiston mustaqilligining 31 yilligi munosabati o'tkazilyapti. 

Navoiy viloyati hokimi sovrini uchun o'tkazilayotgan boks kechasi kardidan jami 8 ta jang o'rin olgan. Turnirning asosiy maqsadi istedodli yosh professional bokschilarimizning jahon ringlariga chiqishi uchun ko'mak berishdan iborat. Aksariyat bokschilar 24 sentyabr oqshomida o'zlarining debyut janglarini o'tkazishadi.     

Markaziy jang superyarim o'rta vazn (69,8 kg) toifasida o'tkaziladi va revansh maqomida bo'ladi. Sakkiz raundga mo'ljallangan jangda samarqandlik Jamshid Karimov (9-0-6) ancha tajribali hisoblangan poytaxtlik Bahrom Fayozov (22-20-0)ga qarshi ringga ko'tariladi. Qolgan barcha janglar 4 raund qilib belgilangan.  


Oqshom juftliklari:

57 kg: Jamshid Avazov (Toshkent) - Azamat Jumaev (Buxoro)

59 kg: Temur Qo'shoqov (Toshkent) - Hayotjon Masharipov (Qo'qon)

63 kg: Rahmatilla SHaripov (Buxoro) - Baxtiyor G'ofurov (Qorasuv)

63 kg: Zoirjon Jumanazarov (Toshkent) - Jamshid Siddiqov (Farg'ona)

66 kg: Omadbek Abduraimov (Navoiy) - Kamron Abdulazizov (Farg'ona)

75 kg: Login Petrov (Navoiy) - Odiljon Jo'raboev (Farg'ona) 

86 kg: Faxriddin Salimov (Farg'ona) - SHohruz Rahimov (Samarqand)

69 kg: Jamshid Karimov (Samarqand) - Bahrom Fayozov (Toshkent)