20220920_192002_.jpg

Sexudo CHimaevga maslahat berdi

UFCning ikki vazn toifasidagi sobiq chempioni Genri Sexudoning fikricha, Xamzat CHimaev agar tayyorgarligiga o'zgartirish kiritmasa, divizion limitiga moslasha olmaydi.

"U agar barchasini to'g'irlamasa, qaytmaydi. Aks holda xech qachon vazn qila olmaydi. 

SHunchaki tasavvur qiling, u bor kuchi bilan 80 kg.ga moslashishga harakat qilgan. U bor imkoniyatni ishga solgan. Bunaqasi menda ham bo'lgan. U mashg'ulotlarini o'zgartirishi kerak", - dedi Sexudo.