Messi – IFFHS versiyasi bo‘yicha Janubiy Amerikaning 2022 yildagi eng yaxshi futbolchisi
Futbol tarixi va statistikasi xalqaro federasiyasi (IFFHS) Janubiy Amerikaning 2022 yildagi eng yaxshi futbolchisi nomini e’lon qildi.
Argentina terma jamoasi safida JCH-2022da g‘oliblikni qo‘lga kiritgan Lionel Messi ushbu sovringa ega chiqdi. Eslatib o‘tamiz, "Pari Sen-Jermen"ning 35 yoshli futbolchisi faoliyatida ilk marta jahon chempioniga aylandi.