20230121_153103_.jpg

IFFHS reytingida O‘zbekiston superligasi Rossiya, Ukraina, BAA va Qatar ligalaridan yuqorida joylashdi

Futbol tarixi va statistikasi xalqaro federasiyasi (IFFHS) 2022 yil yakunlariga ko‘ra jahonning eng yaxshi chempionatlari reytingini e’lon qildi.

 O‘zbekiston Superligasi jadvalda 57-o‘rinni band qildi (297 ochko). Bu Osiyo miqyosidagi 4-ko‘rsatkich hisoblanadi. Qit’ada faqat Janubiy Koreya, Yaponiya va Saudiya Arabistoni chempionati bizdan yuqorida joylashgan. Umumiy reytingda BAA, Qatar, Ukraina va Rossiya ligasi O‘zbekiston chempionatidan pastroqda qayd qilingan.

Eslatib o‘tamiz, 2021 yil yakunida ishlab chiqilgan reytingda O‘zbekiston Superligasi jahonda 66, Osiyoda 5-o‘rinda bo‘lgan edi.