20221120_100005_.jpg

JCH-2022. Musobaqaning eng yaxshi futbolchisi bo‘lishga da’vogarlar reytingi e’lon qilindi

"NBC Sports" nashri bugun Qatarda boshlanadigan jahon chempionatining eng yaxshi futbolchisi bo‘lishga da’vogarlar reytingini e’lon qildi.

Ro‘yxatning yuqori pog‘onasini Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi egalladi. Ikkinchi pog‘onaga «PSJ» hujumchisi Kilian Mbappe joylashtirilgan bo‘lsa, belgiyalik Kevin de Breyne kuchli uchlikka kiritildi.

Shuningdek, top-10'ga jarohat tufayli Mundialda ishtirok etmasligi aniq bo‘lgan Karim Benzema (Fransiya), Neymar (Braziliya), Xarri Keyn (Angliya), Alisson (Braziliya), Robert Levandovski (Polsha), Vinisius Junior (Braziliya) kabi o‘yinchilar kiritilgan. Krishtianu Ronaldu esa 11-pog‘onaga joylashtirildi.