20221117_220005_.jpg

CIES JCH-2022'ning eng qimmat futbolchilari reytingini e’lon qildi

Sport tadqiqotlari xalqaro markazi (CIES) Qatarda boshlanadigan jahon chempionatida ishtirok etadigan eng qimmat futbolchilar reytingini tuzib chiqdi. Ushbu ro‘yxatga bir jamoadan bir futbolchi kiritildi.

Markaz hisob-kitoblariga ko‘ra, Dortmundning "Borussiya" klubi hujumchisi Jud Bellingem mazkur Mundialning eng qimmat o‘yinchisi deb topildi. CIES Angliya terma jamoasi a’zosini 202 million yevroga baholadi.

Ikkinchi pog‘onani Vinisius Junior egallagan bo‘lsa (201 mln), Kilian Mbappe kuchli uchlikka kirdi (185 mln).

Eng qimmat futbolchilar (top-10):

1. Jud Bellingem (Angliya, «Borussiya» Dortmund») – 202 mln yevro;
2. Vinisius Junior (Braziliya, «Real Madrid») – 201 mln yevro;
3. Kilian Mbappe (Fransiya, «PSJ») – 185 mln yevro;
4. Pedri (Ispaniya, «Barselona») – 158 mln yevro;
5. Jamal Musiala (Germaniya, «Bavariya») – 151 mln yevro;
6. Federiko Valverde (Urugvay, «Real Madrid») – 123 mln yevro;
7. Ruben Diash (Portugaliya, «Manchester Siti») – 118 mln yevro;
8-9. Yoshko Gvardiol (Xorvatiya, «Leypsig») – 110 mln yevro;
8-9. Frenki de Yong (Niderlandiya, «Barselona») – 110 mln yevro;
10. Lautaro Martines (Argentina, «Inter») – 99 mln yevro.