20220919_083103_.jpg

«Real» 35 yil ichida ilk marta bunday natija qayd etdi

«Real» Ispaniya chempionatining 6-turi doirasida bo‘lib o‘tgan «Atletiko»ga qarshi o‘yinda (2:1) g‘alaba qozondi. Ushbu g‘alabadan so‘ng jamoa 18 ochko bilan La ligada peshqadamlik qilmoqda.

«Qirollik klubi» so‘nggi marta 1987 yilda Ispaniya chempionatini ketma-ket 6ta g‘alaba bilan boshlagandi. Bu haqda "Squawka" xabar tarqatdi.

Eslatib o‘tamiz, «Real» joriy mavsumda barcha musobaqalar doirasida 9ta o‘yinda ishtirok etib, ularning barchasida g‘alaba qozondi.