../futbol/imagefutbol/20230319_164602_.jpg

Xoland > APLning barcha futbolchilari

"Manchester Siti" futbolchisi Erling Xoland Angliya Kubogi doirasida "Bernli" darvozasiga 3ta gol urdi.

SHu orqali norvegiyalik forvard ushbu mavsum barcha turnirlardagi xet-triklari sonini 6taga etkazib oldi. Solishtirish uchun - APLning barcha futbolchilari ushbu mavsum barcha turnirlarda umumiy 5ta xet-trik qayd etdi.

Ular: Muhammad Saloh ("Liverpul"), Ayven Touni ("Brentford"), Son Xen Min ("Tottenxem"), Fil Foden ("Manchester Siti") va Leandro Trossard ("Arsenal").

Xoland ushbu mavsum APLda 26 o'yinda 28 gol va 5 assist qayd etdi.