Bugun hisob bo'yicha 211-El Klasiko bo'lib o'tadi
Bizning vaqti bilan 19 martdan 20 martga o'tar kechasi, soat 01:00 da Ispaniya chempionati 26-turidan o'rin olgan markaziy uchrashuv boshlanadi.
Maydonda “Barselona” va “Real” jamoalari o'zaro to'qnash keladi.
Kataloniyaliklar La Liga jadvalida 65 ochko bilan yaqqol peshqadamlik qilmqoda. Madridliklar esa 56 ochko bilan ularni taqib qilishmoqda.
Azaliy raqiblar shu vaqtgacha barcha toifadagi musobaqalarda bir-biriga qarshi 210 marta to'qnash kelgan:
- 89 g'alaba “Real”, 347 ta gol urgan;
- 81 g'alaba “Barsa”, 332 ta gol urgan;
- 40 durang.
Oxirgi 10 o'yindagi natijalar:
Taxminiy tarkiblar:
"Barselona": ter SHtegen - Kunde, Arauxo, Kristensen, Balde - de Yong, Buskets, Kesse - Rafinya, Levandovski, Gavi;
O'ynamaydi: Dembele, Pedri.
"Real": Kurtua - Karvaxal, Militao, Ryudiger, Nacho - Kroos, CHuameni, Modrich - Valverde, Benzema, Vinisius;
O'ynamaydi: Alaba.
JADVALNING YUQORI QISMIDAGI HOLAT