../futbol/imagefutbol/20230312_144603_.jpg

Mbappeda 3000, Messida esa 300

Franciya chempionati 27-turida PSJ safarda “Brest”ni 2:1 hisobida engdi.

90-daqiqada raqib darvozasini ishg'ol etgan Kilian Mbappe parijliklarning mazkur musobaqadagi yubiley 3000-goli muallifiga aylandi. SHuningdek, Mbappening goliga hammuallif bo'lgan Lionel Messi klub miqyosidagi assistlari sonini 300 taga etkazib oldi. U joriy mavsum Liga 1'da 22 bahsda 13+13 natija qayd etmoqda.

Francuz esa chempionat joriy mavsumidagi 23-uchrashuvida 19-golini urdi va 3 ta assist qayd etdi.