• Bosh sahifa
  • Futbol
  • G'ALABAAA! O'zbekiston U-20 terma jamoasi Avstraliyani mag'lub etib, yarim final va jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritdi!
../futbol/imagefutbol/20230311_220005_.jpg

G'ALABAAA! O'zbekiston U-20 terma jamoasi Avstraliyani mag'lub etib, yarim final va jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritdi!

U-20 Osiyo kubogining 1/4 finalidan o'rin olgan O'zbekiston - Avstraliya uchrashuvi yakunlandi.

Futbol bo'yicha O'zbekistonda bo'lib o'tayotgan U-20 Osiyo chempionati chorak finalidan o'rin olgan yana bir uchrashuv — O'zbekiston - Avstraliya o'yini yakunlandi. Uchrashuvning asosiy vaqti va qo'shimcha bo'limlari 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi, penaltilar seriyasida esa yigitlarimiz 5:4 hisobida g'alaba qozonib, yarim final va jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritdi!

U-20 Osiyo Kubogi

1/4 final

O'zbekiston — Avstraliya 1:1 (Penaltilar seriyasi — 5:4)

Toshkent. "Bunyodkor" stadioni. 19:00

Hakamlar: Ammar Ibrohim (Bahrayn), Faysal Alavi, Nossir Salim (Ummon), Qosim Matar Al Xatmi (Ummon)

Nazoratchi: Subhiddin Mohd (Malayziya)

Komissar: Si Tu Vin (Myanma)

Gol: 0:1 — 77, Gabriel Popovich, 1:1 — 79, Zafarmurod Abdiraxmatov.

O'zbekiston U-20: 21.Otabek Boymurodov, 3.Abduqodir Husanov, 6.Jahongir O'rozov, 7.Po'latxo'ja Xoldorxonov, 8.Behruzbek Asqarov, 10.Umarali Rahmonaliev (s), 13.Zafarmurod Abdiraxmatov, 14.Abbosbek Fayzullaev, 15.Diyorbek Ortiqboev, 20.Mahmudjon Mahamadjanov, 22.SHerzod Esanov (11.SHahriyor Jabborov, 64)

Zaxira: 1.Edem Nemanov, 12.Asrorbek Kenjaev, 2.Izzatullo Po'latov, 4.Abubakr Ashurov, 5.Javohir O'tamurodov, 9.SHahzodjon Nematjonov, 17.Nodirbek Abdurazzoqov, 18.Saidafzalxon Axrorov, 19.SHahzod Akramov, 23.Asadbek Jo'raboev

Avstraliya U-20: 1.Jek Varshavski, 2.Joshua Roulins (s), 3.Nektarios Triantis, 4.Kris Donnell, 7.Bernardo Oliveyra (17.Eydan Simmons, 61), 8.Alessandro Lopane, 9.Gabriel Popovich, 10.Adrian Segechich, 13.Panashe Madanya, 15.Jozef Ford, 21.Jed Dryu (20.Aleksandr Badolato, 61)

Zaxira: 12.Jeyms Nivenxuizen, 18.Aleksander Robinson, 5.Mettyu Dench, 6.Ris Bozinovskiy, 11.Rafael Rodriges, 14.Kaelan Mayekodunmi, 16.Jeyk Gerdvud-Rayx, 19.Archi Gudvin, 22.Jin Ris, 23.Jonni Yull

Ogohlantirish: Nektarios Triantis (45), Aleksandr Badolato (90+3).