../futbol/imagefutbol/20230304_080004_.jpg

U-20 Osiyo Kubogi. Bugun O'zbekiston Iroqqa qarshi o'ynaydi

Bugun, 4 mart kuni O'zbekistonda o'tkazilayotgan 20 yoshgacha futbolchilar o'rtasidagi Osiyo kubogining 2-tur bahslari start oladi.

2-tur doirasida O'zbekiston terma jamoasi bugun Iroqa qarshi o'ynaydi. Uchrashuv soat 19:00da "Bunyodkor" stadionida boshlanadi. 

Malumot uchun, har ikki jamoa ham 1-turda g'alaba qozongan va uch ochkoga ega. Bugungi bahs g'olibi katta ehtimol bilan guruh g'olibiga aylanadi. Guruhdagi ikkinchi o'yinda esa Indoneziya hamda Suriya terma jamoalari bahs olib borishadi. 

4 mart, shanba

A guruhi

17:00, Suriya - Indoneziya

"Lokomotiv" stadioni


19:00, Iroq - O'zbekiston

"Bunyodkor" stadioni


B guruhi

15:00, Eron - Avstraliya

"Istiqlol" stadioni


19:00, Vetnam - Qatar

"Istiqlol" stadioni


Eslatib o'tamiz, joriy turnir 41-marotaba tashkil etilmoqda. Unda muvaffaqiyatga erishgan 4 jamoa mundialga yo'l oladi.