../futbol/imagefutbol/20230204_142303_.jpg

MYU xodimlari Grinvud klubda o'ynashini istashmayapti

Meyson Grinvud yana "Manchester Yunayted"da o'yin o'tkazishi hozircha so'roq ostida.

Bir necha kun oldin Grinvuddan barcha ayblovlar olib tashlangan. U qiz do'stiga nisbatan zo'ravonlik ishlatganida va o'ldirish bilan tahdid qilganlikda ayblangandi. 

Malum bo'lishicha, klubning aksariyat xodimlari Grinvudning yana MYUda o'ynashini istashmayapti. Lekin ular orasida futbolchini kechirish lozimligi, u 7 yildan buyon klubda ekanligini takidlayotganlar ham bor. 

MYU bu bo'yicha tahlil o'tkazadi. Klubdagilar bu holat brendga va hamkorlar bilan munosabatga tasir ko'rsatish darajasini o'rganib chiqishadi.