• Bosh sahifa
  • Futbol
  • Bugun klublar o'rtasidagi jahon chempionati start oladi (+taqvim)
../futbol/imagefutbol/20230201_122302_.jpg

Bugun klublar o'rtasidagi jahon chempionati start oladi (+taqvim)

Bugun, 1 fevral kuni Marokashda hisob bo'yicha 19-klublar o'rtasidagi mundial boshlanadi.

Musobaqada quyidagi jamoalar qatnashmoqda:

“Al Ahli” (Misr, AFK) – Afrika futbol konfederaciyasi chempionlar ligasi 2021/22 yilgi mavsum finalchisi;

“Real” (Ispaniya, UEFAdan) – ECHL 2021/22 yilgi mavsum g'olibi;

“Flamengo” (Braziliya, Konmebol) – Libertadores kubogi-2022 g'olibi;

“Al Hilol” (S.Arabistoni, Osiyo FK) – Osiyo chempionlar ligasi-2021 g'olibi;

“Vidad” (Marokash, AFK) – Afrika futbol konfederaciyasi chempionlar ligasi 2021/22 yilgi mavsum g'olibi;

“Sietl Saunders” (AQSH, KONKAKAF) – KONKAKAF chempionlar ligasi-2022 g'olibi;

“Oklend Siti” (Yangi Zelandiya, Okeaniya FK) – Okeaniya futbol konfederaciyasi chempionlar ligasi-2022 g'olibi.

Musobaqa taqvimi bilan tanishing:

Pley-off, 1 fevral

23:59, “Al Ahli” (Misr) – “Oklend Siti” (Yangi Zelandiya)

1/4 final bahslari 4 fevralda bo'lib o'tadi

19:30, “Vidad” (Marokash) – “Al Hilol” (Saudiya Arabistoni)

“Sietl Saunders” (AQSH) – “Al Ahli” (Misr)/“Oklend Siti” (Yangi Zelandiya)

1/2 final

7 fevral, “Flamengo” (Braziliya) – "Vidad" (Marokash)/"Al Hilol" (Saudiya Arabistoni)

8 fevral, "Sietl Saunders" (AQSH)/"Al Ahli" (Misr)/"Oklend Siti" (Yangi Zelandiya) – "Real" (Ispaniya)

3-o'rin uchun bahs hamda final 11 fevralga belgilangan. Hal qiluvchi bahslar Rabotdagi shahzoda Mulay Abdulla nomidagi stadionda bo'lib o'tadi.

Eslatib o'tamiz, klublar o'rtasidagi JCHning amaldagi g'olibi “CHelsi” hisoblanadi. Eng ko'p titulni esa “qaymoqranglilar” qo'lga kiritgan – 5 ta.