../futbol/imagefutbol/20230129_154603_.jpg

“Al Nassr” ustozi: “Ronaldu Evropaga qaytadi”

Riyodliklar ustozi Rudi Garsiya hujumchi Krishtianu Ronaldu haqida fikr bildirdi.

Portugaliyalik “Al Nassr” safida 2 bahsda qatnashishga ulgurdi va samarali natija ko'rsata olmadi.

“Ronaldu – tarkibimizni sifat jihatdan yaxshilaydi, u raqib himoyachilariga muammo tug'diradi. U dunyoning eng yaxshi forvardlaridan biri. U faoliyatini “Al Nassr”da yakunlaydi deb o'ylamayman. Ronaldu Evropaga qaytadi”, deydi Garsiya.

Eslatib o'tamiz, 37 yoshli futbolchining “Al Nassr” bilan shartnomasi 2025 yil yozida o'z nihoyasiga etadi.